ANTIOX DEVORI



ANTIOX DEVORI – qadimgi Marg’iyona (Marv) vohasi atrofini uragan ulkan mudofaa inshooti. U Salavkiylar hukmdori Antiox I Soter (xaloskor) (miloddan avvalgi 324 — 261) davrida ko’chmanchi Day (sak qabilalaridan biri) kabilalarining hujumidan Marg’iyonani mudofaa etish maqsadida qurilgan. Antik davr tarixchilaridan Strabon (miloddan avvalgi 64/63 — milodiy 23/24) ning ma’lumotiga ko’ra, Antiox devori uzunligi 1500 stadiy (1 stadiy — 148 — 210 metr), ya’ni 222 — 315 kilometr bo’lib, qalinligi 5,2 metr. 10-asr Arab geografi Istaxriy bu devor xarobalarini “array” nomi bilan tilga olgan. Antiox devori qoldiqlari Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyam tomonidan (1946 yil) o’rganilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz