ANTIGUA, Antigua-Guatemala — Gvatemaladagi shahar, Agua va Fuego vulkanlari etagida, 1500 metr balandlikda. Sakatepekes departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 30 mingga yaqin kishi (1990). Muhim qishloq xo’jaligi rayonining (shakarqamish, donli ekinlar) savdo markazi. Universitet (18-asrdan) bor. Shaharga 1542 — 43 yillarda asos solingan. 16 — 18-asrlarda Gvatemalaning poytaxti va Markaziy Amerikaning eng muhim madaniyat markazi bo’lgan. 1773 yilda zilziladan vayron bo’lgan. Antigua — shahar muzey. 17 — 18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish