ANTIDOTLAR, ziddizaharlar (Yunoncha antidoton — zaharga qarshi) — organizmga har xil yo’llar bilan kirgan zaharli moddalarni zaharsizlantiruvchi kimyoviy moddalar. Ular xilma-xil bo’lib, zaharlangan organizmga turli (ichish, surtish va hokazo) yo’llar bilan yuboriladi. Organizmga kirgan zahar qonga shimilib ulgurmasdan uni chiqarib yuborish yoki neytrallash chorasi kuriladi: me’da yuviladi, Antidotlar yuboriladi (masalan, odam kislotalardan zaharlanganda natriy bikarbonat, magniy oksid kabi ishqorlar, ishqorlardan zaharlanganda esa limon kislota yoki limon shirasi, sirka, suyultirilgan sirka kislota va boshqalar ichiriladi), Zahar qonga shimilib ketgan bo’lsa, neytrallanadi yoki zaharsizlantiriladi: qonga glyukoza yuboriladi va maxsus choralar ko’riladi, mas, mishyak (Arsen)li moddalar (lyuizit), og’ir metall tuzlari (sulema va boshqalar) dan zaharlanganda qonga unitiol, tsianidlardan zaharlanganda amilnitrit, fosfororganik moddalar (xlorofos va boshqa), zaharli qo’ziqorin (muskarin) dan zaharlanganda atropin yuboriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish