ANTENNALAR
ANTENNALAR — o’rgimchaksimonlardan boshqa hamma bo’g’imoyoqlilar boshidagi bir juft mo’ylovlar. Qisqichbaqasimonlarda ko’pincha sezgi organi, shoxdor mo’ylovlilarda harakatlanish vazifasini bajaradi. Antennalar hasharotlarda juda xilma-xil (qilsimon, taroqsimon, elpig’ichsimon, plastinkasimon va boshqalar) bo’lib, hid bilish, tuyg’u, ta’m bilish, eshitish, harorat, namlikni sezish va boshqa vazifani bajaradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz