ANTEKLIZA
ANTEKLIZA (anti … va Yunoncha klisis — og’ish) — yotiqroq antiklinal ko’tarilma shaklidagi platforma poydevorining asosiy tektonik tuzilmasi. Antekliza yadrosi yoki asosiy platforma poydevori kembriydan oddingi kristall jinslardan tuzilgan; bu jinslar ustida esa cho’kindi jinslar qatlami yotadi. Antekliza, asosan bir necha geologik davrlar ichida yuqoriga yo’nalgan tektonik harakatlar natijasida paydo bo’ladi. Bu harakatlar ta’sirida Antekliza yadrosidagi kristall jinsli poydevor har xil tezlik bilan ko’tarilishi natijasida ayrim qismlarga ajralib ketadi. Cho’kindi jinslar qalinligi Antekliza gumbazida uning yon bag’irlaridagiga qaraganda ko’proq bo’ladi. Anteklizaning ko’p joylarida cho’kindi jinslar umuman bo’lmaydi, bunday yerlarda kristall jinsli poydevor yer yuzasiga chiqib qoladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi