ANTALIYA, Adaliya — Turkiyaning Janubidagi shahar, Antaliya elining ma’muriy markazi. Aholisi 378 ming kishi (1990). O’rta dengiz bo’yidagi port. Kemasozlik rivojlangan, kema remont qilinadi. Metallurgiya, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qishloq xo’jaligi va o’rmon mahsulotlari bilan savdo qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish