ANSHLYUS
ANSHLYUS (nemischa Anschlus — qo’shib olish) — 1-jahon urushidan keyin Germaniyaning Avstriyani o’ziga qo’shib olishdan iborat zo’ravonlik siyosati. Anshlyus 1938 yil 11 — 12 martida fashistlar Germaniyasining Avstriyani bosib olishi bilan yakunlandi. Avstriya mustaqilligi 1945 yil aprelda, 2-jahon urushi davomida ozod etilganidan so’ng tiklandi va Anshlyusni taqiqlovchi davlat shartnomasi bilan qonunlashtirildi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz