ANOMOZAMIT



ANOMOZAMIT (Anomozamites) — bennettitlar oilasiga mansub qadimiy o’simliklar turkumi. Hozirgi vaqtda faqat barg qoldiqlari (qazilma holda) uchraydi. Barglari yirik va patsimon, yaprog’ining o’rta qismi segmentlarga bo’lingan. Hozirgacha Anomozamitning 20 dan ortiq turi aniqlangan. Ular Pomir, Zarafshon tog’lari, Farg’ona vodiysining Janubiy, shimoliy, Sharqiy hududlari, Hisor tog’lari, Turkmaniston, Qoratov, Mang’ishloq, Janubiy Qozog’iston, Issiqko’l va boshqa joylarning yura hamda shimoliy Germaniya, Shpisbergen, Grenlandiyaning bo’r qatlamlaridan topilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz