ANODLASH



ANODLASH, elektr-kimyoviy oksidlash — elektroliz vositasida metall buyumlar sirtida shu metall oksidlaridan iborat parda hosil qilish. Anodlashda elektrolitga botirilgan buyum tok manbaining musbat zaryadlangan elektrodiga (anodiga) ulanadi. Masalan, mis ishqor eritmasida oksidlovchi ishtirokida anodlanganda Na2Cu03 tarkibli beqaror birikma eritmasi hosil bo’ladi. Bu birikma parchalanganda mis (P)-oksid ajralib chiqib, buyum sirtida kristallanadi. Metall buyumlar sirti elektrolit to’ldirilgan vannalarda anodlanadi. Elektrolit sifatida ishqor, kislota yoki tuz ishlatilishi mumkin. Oksid parda metall buyum sirtini korroziyadan saqlaydi va unga husn beradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz