ANOA
ANOA (Anoa depressicornis), pakana buyvol — yovvoyi qoramolning bir turi. Juft tuyoqlilar turkumiga mansub. Faqat Sulavesi orolidagi tekislik va tog’ o’rmonlarida yashaydi. Anoa shoxlari to’g’ri, qisqa, buyvolga o’xshab ketadi, lekin undan kichikroq; gavdasining uzunligi 1,7 metr, bo’yi 1 metr, rangi to’q qo’ng’ir, boshi, bo’yni va oyoqlarida oq dog’lari bor. Ilgari go’shti, terisi uchun ovlangan. Soni keskin kamayib ketganligi tufayli Xalqaro qizil kitobga kiritilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz