ANNALLAR



ANNALLAR (lotincha — yillik) — eng muhim voqealar yozib boriladigan yilnoma. Qadimgi Rimda bosh pontifik (kohin) buyrug’iga binoan hamma muhim voqealar oq ganch bilan qoplangan taxtachalar ustiga yozib qo’yilaredi. Annallar bizgacha saqlanmagan, ularning mazmuni annalistlar yoki ilk Rim tarixchilari asarlaridan ma’lum. “Annallar” degan nom keyinchalik o’rta asrlar solnomasiga o’tgan. Annallar juda qadimgi zamonlardan boshlab (miloddan avvalgi taxminan 5-asr) yozib borilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz