ANKORIJ



ANKORIJ – AQShdagi shahar, Alyaska shtatida. Aholisi 226 ming kishi (1990). Tinch okeanning Alyaska qo’ltig’i sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yo’llari tuguni Alyaskaning savdo-moliya markazi; yog’ochsozlik, oziq-ovqat (baliq qayta ishlanadi), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 2 universitet, Arktika indeyslari va eskimoslar muzeyi bor. Ankirojga 1915 yilda asos solingan. 1964 yil halokatli zilziladan keyin qayta tiklangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz