ANKERLI USTUN
ANKERLI USTUN – qatlam-qatlam tog’ jinslarini bir-biriga mahkamlovchi element. Metall, temirbeton, kamdan-kam hollarda yog’ochdan ishlanadi. Tog’ jinslarini parmalab ochilgan teshiklarga uzun metall sterjenlar (ankerlar) o’tkaziladi. Ankerning bir uchi tog’jinsi orasiga maxsus qulf bilan mahkamlanadi, ikkinchi (pastki) uchi ga shayba va gayka yordamida ustki tirak ankerli ustun biriktiriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz