ANIZOTROPIYA (Yunoncha anisos — bir xil bo’lmagan va tropos — yo’nalish) — modda fizik xossalarining har xil yo’nalish va kesimlarda har xil bo’lishi. Anizotropiya, masalan, kristallarning qattiqdik, issiqlik, optik, magnit, elektr va boshqa xossalari uchun xos. Disten, andaluzit, grafit kabi minerallarning qattiqligi bo’ylamasiga bir xil bo’lsa, ko’ndalangiga boshqacha bo’ladi. Bir yoqlama bosim ta’sirida dastlabki tuzilishini o’zgartirib, har xil kesimda turlicha tuzilishni hosil qilgan, tarkibidagi minerallar ma’lum qonuniyatga bo’yso’ngan tog’jinslariga anizotropik tog’jinslari deyiladi. Anizotropiya hodisasi minerallarning optik xususiyatini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish