ANGREN “KULOL” AKTSIYADORLIK JAMIYATI



ANGREN “KULOL” AKTSIYADORLIK JAMIYATI — qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yirik korxona. “O’zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida. 1965 yilda ishga tushirilgan. 1965-94 yillarda Angren keramika kombinati nomi bilan atalgan. 1994 yildan hozirgi nomda. Santexnika jihozlari, kanalizasiya quvurlari, fayans buyumlar, gips, alebastr, metlax plitalari, polga, devorga ishlatiladigan sopol koshinlar va boshqa materiallar (asosiy xom ashyosi koalin) ishlab chiqaradi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish va turini ko’paytirish maqsadida Eron, Germaniya, Chexiya va Slovakiya firmalari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz