ANGOR QUYONI
ANGOR QUYONI – quyon zoti; tiviti Angor echkisinikiga o’xshaganligi sababli shu nom bilan atalgan. Angor quyonining juni mayin, ipaksimon, rangi oq, ba’zan havo rang va qora. Angor quyonining kallasi katta, qulog’i kalta, yetuk quyonlarning vazni 2,3 — 3,5 kilogramm, tanasi uzunligi 43 santimetr. Bir bolalashda 7 tagacha nasl beradi. Angor quyonining tiviti O’zbekiston sharoitida apr.ning ikkinchi yarmida tarab olinadi (bir yilda 250 grammgacha tivit), yuqori sifatli trikotaj va fetr mahsulotlar tayyorlanadi. Angor quyoni – yoz issig’iga chidamsiz bo’lganidan salqin zonalarda boqiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz