ANGOR ECHKISI – echkining qimmatli serjun zoti. Angor echkisining vatani Turkmanistonning g’arbi. Turkmanlarning bir qismi 13-asrda bu yerdan kichik Osiyoga ko’chib borgan va natijada hozirgi Turkiyaning Angora (Anqara) viloyati Angor echkisini urchitish markaziga aylangan. Bu zotning Angor echkisi deb atalishi ham shundan kelib chiqqan. 19 – asrdan AQSh, Afrikadagi ayrim mamlakatlar, Avstraliyada boqiladi. Angor echkisining juni mayin, oq, tovlanuvchan, g’oyat egiluvchan va pishiq (uzunligi 18 — 25 santimetr). Taqalari o’rta hisobda 50 — 55 kilogramm keladi, yiliga 5 — 7 kilogramm jun beradi, urg’ochilari 32 — 36 kilogrammga boradi, 3,1 kilogramm jun beradi. 65 — 70% toza jun chiqadi. Har yuz bosh Angor echkisidan yiliga 105 uloq olinadi. Sog’in echkidan 70 — 100 kilogramm sut sog’ib olish mumkin, yog’lik darajasi 4,2 — 4,4%. O’zbekiston (Pop tumani)ga 1936 yilda AQShning Texas va Nyu-Meksika shtatlaridan keltirilgan Angor echkisini jaydari echkilar bilan chatishtirib serjun echki zoti yaratildi (1962). Angor echkisi O’zbekistonda, asosan Namangan, Andijon viloyatlarida boqiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish