ANGLIYA-SOVET-ERON SHARTNOMASI



ANGLIYA-SOVET-ERON SHARTNOMASI (1942 yil 29 yanvar) – ittifoq to’g’risidagi shartnoma. Sovet va Angliya qo’shinlari Eronga kiritilgandan so’ng tuzilgan. Maqsad fashistlar Germaniyasining Eron hududidan SSSR va Buyuk Britaniyaga karshi urushda foydalanishiga to’sqinlik qilish edi. Shartnoma 2-jahon urushida Eronning gitlerchilarga qarshi ittifoq bilan hamkorligini ta’minladi. Urush tugaganidan keyin ittifoqchilar qo’shinlari Erondan olib chiqib ketildi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz