ANGLER (ANGEL) QORAMOL ZOTI
ANGLER (ANGEL) QORAMOL ZOTI — suti uchun boqiladigan zot. Zot haqidagi ma’lumotlar 16-asrga to’g’ri keladi. Suyagi noziq, tanasi cho’ziq, sutdorlik belgilari yaxshi rivojlangan, tusi qizil. Buqalarining tirik vazni 850-1000 kilogramm, sigirlariniki 500-580 kilogramm. Yiliga 4000-4500 kilogramm sut beradi, sutining yog’ligi 4,5—4,6%. Asosan G’arbiy Yevropa mamlakatlarida boqiladi. Angler qoramol zoti qizil Daniya zotini u orqali qo’ng’ir latish, qizil eston, qizil Litva, qizil dasht zotlarini chiqarishda asos bo’lgan. Ukraina, Rossiya, qisman O’zbekistondagi xo’jaliklarda ham boqiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz