ANGIDRON



ANGIDRON, Mg(C104)2 – tuz, magniyning suvsiz perxlorati, g’ovak oq modda. Quruq Angidron suvni yaxshi yutib, kristallogidratga aylanadi. Shu sababli u gazlarni quritishda, vodorodni aniqlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Bunday Angidronni vakuumda 200-250° da qizdirish yo’li bilan suvsizlantirib, qayta ishlatish mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz