ANGIDRID



ANGIDRID (Yunoncha an — inkor qo’shimchasi va hydor — suv) — biror elementning kislorod bilan birikmasi. Metallmaslarning va ba’zi metallarning yuqori oksidlari Angidriddir. Angidrid Ikki usulda: 1) oddiy moddaning kislorod bilan birikishidan; 2) kislotani qizdirib, suvsizlantirishdan hosil bo’ladi. Anorganik kislotalarning Angidridlari kabi organik kislotalarning Angidridlari ham ma’lum. Masalan, sirka Angidrid (SN3SO)2O, benzoy Angidrid (S6N5SO)2O va boshqa kimyo sanoatida asillovchi vosita sifatida karbon kislota qoldig’i RCO ni birikmalarga kiritish uchun qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz