ANDREYEVA OLGA ILINICHNA



ANDREYEVA OLGA ILINICHNA (1890.29.5-1970.15.2, Moskva)- O’zbekiston xalq artisti (1952). 1938 yildan Toshkentdagi rus drama teatrida ishlagan. Asosiy rollari: Betsi (L. N. Tolstoy, “Ma’rifat mevalari”), Anna Andreyevna (N. V. Gogol, “Revizor”), Kseniya, Vasilisa (M. Gorkiy, “Yegor Bulichev va boshqalar”, “Tubanlikda”), Katerina, Kruchinina (A. N. Ostrovskiy, “Momaqaldiroq”, “Aybsiz aybdorlar”), Hamrobuvi (A. Qahhor, “Shohi so’zana), Hojar (Hamza, “Paranji sirlari”), Rixsi xola (B. Rahmonov, “Katta muhabbat”) va boshqalar. Andereyeva sahna nutqiga, qahramonning ichki va tashqi qiyofasini yorqinroq ochishga alohida e’tibor bergan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz