ANDIJON “SEMURG'” TRIKOTAJ AKTSIYADORLIK BIRLASHMASI



ANDIJON “SEMURG'” TRIKOTAJ AKTSIYADORLIK BIRLASHMASI – yengil sanoat korxonasi. “O’zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. 1966 yilda Andijon shahrida ishga tushirilgan. 1966-95 yillarda Andijon trikotaj fabrikasi, Andijon trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi nomlari bilan atalgan. 1996 yildan hozirgi nomda. Erkaklar, ayollar, bolalar trikotaj kiyimlari, sport kiyimlari ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 12 million dona trikotaj kiyimlari. Korxonada Frantsiyaning “Alfa” firmasi bilan hamkorlikda chet el sarmoyasini jalb etib, jahon andozalaridagi trikotaj kiyimlari ishlab chiqaradigan qo’shma korxona tashkil etildi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz