ANDERSEN



ANDERSEN (Andersen) Xans Kristian (1805.2.4, Odens – 1875.4.8, Kopengagen) — Daniya yozuvchisi, mashhur ertaknavis. Etikdo’z oilasida tug’ilgan. “Improvizator” (1835) romanida quyi tabaqadan chiqqan xayolparast shoir va jamiyat ziddiyati tasvirlanadi. Andersenning “Qo’rg’oshin soldatcha” (1838), “Bulbul” (1843), “Irkit o’rdakcha” (1843), “Qirolicha” (1844), “Ona” (1848) kabi mashhur ertaklari va “Suratsiz surat kitobi” (1840) shu davrda yaratilgan. Andersen “Mulat” (1840) pyesasini, “Shoir bozori” (1842) yo’l xotiralarini ham yozgan. “Ikki baronessa” (1849) romanida tabaqalashtirishga asoslangan jamiyatni tanqid qiladi. Andersenning juda ko’p ertaklari (“Irkit o’rdakcha”, “Qirolicha” va boshqalar) o’zbek tili ga tarjima qilingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz