ANDANTE



ANDANTE (italyancha andare — odimlash) — 1) musiqada o’rtacha sekin sur’at; 2) mazkur sur’atda ijro etiladigan musiqa asari (masalan, L. Betxoven — Fanlar Akademiyasi major “Andante favori” si) yoki uning qismi. Simfoniya, kvartet, Sonata va hokazolarning odatda 2 – yoki 3 – qismlari ko’pincha Andante sur’atida bo’ladi. Masalan, M. Tojievning 3-simfoniyasi (3 – qismi), 4 – simfoniyasi (2 – qismi), M. Mahmudovning “Navo” simfoniyasi (1-qismi), Ikrom Akbarovning “Samarqand hikoyalari” (1 – qismi), 1 – kvarteti (2-qismi) va boshqalar. Bularning barchasida Andante atrof qismlar bilan sur’at jihatdan va mazmunan keskin farq hosil qiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz