ANDAMANLAR — Andaman orollarining (Hindiston) tub aholisi. 19 – asr o’rtalarida ularning soni 5 mingga yaqin edi. Mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan. Hozirda bir necha yuz kishi qolgan. Andamanlarning bir qismi kelgindi xalqlar bilan aralashib, o’zlarining etnik va til xususiyatlarini yo’qotganlar. Antropologik jihatdan Andamanlar negroidlarga kiradi. Andamanlarning bo’yi past (erkaklari 148 santimetr, ayollari 138 santimetr), sochlari jingalak, badanlari qora. Andamanlar, asosan, ovchilik bilan shug’ullanadi, an’anaviy ibtidoiy dinlarga e’tiqod qiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish