ANDALUSIYA TOG’LARI (Kordilera-Betika) — Ispaniya Jan.dagi tog’lar tizimi. Uzunligi 630 kilometr. Balandligi 3478 metrgacha (Mulasen tog’i), bu Pirenei yarim orolidagi eng baland nuqta. Tog’lar kristalli jinslar hamda ohaktoshlardan tashkil topgan. Karst hodisalari rivojlangan. Temir rudasi konlari topilgan. Tog’yon bag’irlarida dub va karag’ay o’rmonlari bor, makvis changalzorlari bilan band bo’lgan toshloqlar ko’p. Tsitrus plantasiyalari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish