Anatoliy Pilipenko
Anatoliy Anatoliyevich Pilipenko (ukraincha: Анатолій Анатолійович Пилипенко; 4-iyul, 1985-yil) — ukrainalik futbolchi, darvozabon.
Faoliyati
Pilipenko Ukraina bolalar va oʻsmirlar futbol ligasida Dnepropetrovsk UFC-2 (2001) va DVUFK (2001—2002) jamoalari safida oʻynagan. 2001-yilda Dnepropetrovskning „Dnepr“ klubiga qoʻshildi. Dastlab u „Dnepr“ning toʻrtinchi jamoasida viloyat chempionatida oʻynagan, keyin esa Ukrainaning Ikkinchi va Birinchi ligalarida mos ravishda „Dnepr-3“ va „Dnepr-2“ jamoalarida oʻynagan. 2004-yilda Ukraina yoshlar chempionati tashkil etilgandan soʻng, „Dnepr“ning zaxira jamoasida oʻynay boshladi. Ammo asosiy jamoada oʻynamadi. 2006-yil oxirida klub rahbariyati Pilipenkoni transferga qoʻydi. Bosh direktor Andrey Stetsenkoning so‘zlariga ko‘ra, bunga yosh darvozabonning „oʻsishdan to‘xtagani“ sabab bo‘lgan.
Shundan soʻng, Pilipenko Tavriya Simferopol koʻrikdan oʻtdi, ammo klubga oʻtishi muvaffaqiyatli boʻlmadi. Keyin Zorya Luganskga qoʻshildi. Klubda olti oy oʻynadi. Keyingi besh yil davomida darvozabon Ukraina birinchi ligasi klublarida oʻynadi. 2007—2008-yilgi mavsumni Xarkovning „Gelios“ jamoasida boshlagan. 2009-yilning yozida „Desna Chernihiv“ga oʻtdi. Klubda Andriy Fedorenko zaxiradosh boʻldi. 2010-yildan 2012-yilgacha Alchevskning „Stal“ jamoasida oʻynagan.
2012-yilda O‘zbekiston chempionatida „Buxoro“ safida o‘ynagan, ammo asosiy darvozabon bo‘la olmagan. Vataniga, Ukrainaga qaytib, havaskor klublarda — Shevchenkoning „VPK-Agro“ (2013) va Bogatyrevkaning „Vektor“ (2014—2015) jamoalarida oʻynagan. 2016-yilda Qrim futbol ittifoqining Premyer-ligasida Feodosiyaning „Kafu“ klubiga oʻtdi. Keyin shu yili Kerchning „Okean“ klubiga qoʻshildi, 2017-yilgacha klubda oʻynadi.
2018-yilda „Muzychi“ va „Shevchenkovskoe“ havaskor klublarida oʻynagan. 2018-yil oktyabr oyida Kolos jamoasiga oʻtdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org