Anatoliy Panin




Anatoliy Nikolayevich Panin (1949.12.3, Rossiya Federatsiyasi Tula viloyati Uzlovskiy tumani) — kon ekskavatori mashinisti, Oʻzbekiston Qahramoni (1995). Mehnat faoliyatini 1967-yilda Tula viloyati Novomoskovsk shahridagi qurilish boshqarmasida ekskavator mashinisti boʻlib ishlashdan boshlagan. 1970-yildan Navoiy viloyati Uch-quduq shahridagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli oltin rudalari ochiq usulda qazib olinadigan konlarda ekskavator mashinisti yordamchisi, ekskavator mashinisti, 1983-yildan shu boshqarmaga qarashli ochiq usuldagi "Sharq" konida ekskavator mashinistlari brigadiri.

P. oltin rudalarini ochiq usulda qazib olishda samarali va ilgʻor tajribalardan unumli foydalanib, ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishdi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz