Anatoksin




Anatoksin (yunoncha: ana — qayta taʼ-sir va toxion — zahar) — formalin va 39 — 40° temperatura taʼsirida zaharli xossasini yoʻqotgan, lekin antigenlik xossasini saqlab qolgan toksin. Birinchi marta fransuz bakteriologi G. Ramon 1923-yilda difteriya toksinidan anatoksin tayyorla-gan. A. immun qon zardobini tayyorlashda qoʻllaniladi. Buning uchun A. yirik hayvonlar (mas, ot)ga takror yuboriladi. Ulardan olingan zardob odamlarni baʼzi yuqumli kasalliklar (difteriya, qoqshol va boshqalar)dan saqlash va davolashda foydala-niladi. Faol immunlashda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz