ANATOKSIN



ANATOKSIN (Yunoncha ana – qayta ta’sir va toxion — zahar) — formalin va 39 — 40° temperatura ta’sirida zaharli xossasini yo’qotgan, lekin antigenlik xossasini saqlab qolgan toksin. Birinchi marta frantsuz bakteriologi G. Ramon 1923 yilda difteriya toksinidan anatoksin tayyorlagan. Anatoksin immun qon zardobini tayyorlashda qo’llaniladi. Buning uchun Anatoksin yirik hayvonlar (masalan, ot) ga takror yuboriladi. Ulardan olingan zardob odamlarni ba’zi yuqumli kasalliklar (difteriya, qoqshol va boshqa;ar) dan saqlash va davolashda foydalaniladi. Faol immunlashda qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz