Anastasiya Yermakova
Anastasiya Yevgeniyevna Yermakova ( 2000-yil 25-iyunda Yangierda tug'ilgan) — tayanib sakrash bo'yicha professional sportchi. Xalqaro maydonda qozog'iston sharafini himoya qiladigan yengil atletikachi. 2018-yilgi yopiq inshootlardagi Osiyo chempioni. Qozog‘istonning uch karra chempioni (2017, 2021, 2022). Yopiq o'yinlarda to'rt karra Qozog'iston chempioni (2018, 2021, 2022, 2023).
Biografiyasi
2000-yil 25-iyunda O‘zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Yangier shahrida tug‘ilgan. Bolaligida oilasi bilan Qozog'istonga ko'chib o'tgan.
Anastasiya Viktor Nikolayevich Gorbunov rahbarligida iqtidorli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yengil atletika boʻyicha mashq qilgan.
Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti tibbiyot fakultetining “Jismoniy tarbiya va sport” ixtisosligi boʻyicha tahsil olib kelmoqda.
2017-yilda u Qozog'istonning eng yosh chempioni unvonini qoʻlga kiritgan.
2022-yilda Gusman Kosanov memorialida boʻlib oʻtga musobaqalarda Qozog'iston rekordini takrorlagan - 4,20 m.
Asosiy natijalari
Xalqaro
Milliy
Manbalar
uz.wikipedia.org