Anastasiya Juravlyova




Anastasiya Sergeyevna Juravlyova (asli Kirbyateva) (1981-yil 9-oktabrda tug'ilgan) — Oʻzbekiston yengil atletikachisi.

Sport faoliyati



Boshlangʻich maktabda ta’limni tennis boʻyicha oʻzlashtiradi. 18-sonli umumta’lim maktabiga oʻtgandan keyin yengil atletika boʻyicha murabbiy Valentina Aleksandrovna Lebedinskaya qoʻlida oʻrgana boshladi.

1998—2003-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti murabbiy-oʻqituvchi fakultetida tahsil oladi.

Uch hatlab sakrash va uzunlikka sakrashda xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga ega.

1998-yildan yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoasi a’zosi.

2002-yildan buyon Anastasiya Kazakov Valeriy Nikolayevich qoʻl ostida shugʻullanib keladi.

2004-yil mart oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining MHSKda shartnoma boʻyicha muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. Kichik serjant unvoniga ega.

2004, 2008 va 2012-yillarda uchta Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi.

2003, 2005, 2007, 2011-yillarda va yopiq inshootlardagi jahon chempionatlari 2002, 2006-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Natijalari




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz