Anastasiya Grebyonkina




Anastasiya Yuryevna Grebenkina (ruscha: Анастасия Юрьевна Гребенкина; 1979-yil 18-yanvar, Moskva) — muz ustida raqs boʻyicha turnirlarda ishtirok etgan figurali uchuvchi. Anastasiya Rossiya va Armaniston, shuningdek, qisqa vaqt davomida Latviya (1993—1994-yillar mavsumi, Latviya chempioni) vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan.

Faoliyati



Anastasiya besh yoshida konkida uchishni boshladi. 12 yoshidan boshlab muz ustida raqsga tushishni mashq qildi. 1998-yildan xalqaro toifadagi sport ustasiga aylandi. Unga Natalya Dubova, Svetlana Alekseyeva, Natalya Linichuk murabbiylik qildi.

1996-yildan 1998-yilgacha Anastasiya Rossiya uchun Vazgen Azroyan bilan juftlikda musobaqalarda qatnashdi. Ular 1998-yilgi milliy chempionatda yettinchi oʻrinni egalladi. Koʻp oʻtmay, juftlik tarqaldi, Anastasiya Vitaliy Novikov bilan, Vazgen esa amerikalik Tiffany Hayden bilan juftlasha boshladi va Armaniston vakili boʻldi.

2003-yilda Anastasiya va Vazgen juftligi yana birlashinb, Armanistonni himoya qilishdi. Turli vaqtlarda ular Svetlana Alekseyeva, Rostislav Sinitsyn, Kristofer Din va Aleksey Gorshkov rahbarligida mashq qilishdi. Bu juftlikning oxirgi murabbiyi Aleksandr Julin edi. Juftlik Armanistonning uch karra chempioni va figurali uchish boʻyicha Gran-pri medalining birinchi arman gʻoliblariga aylandi (bronza NHK Trophy 2005).

Juftlik Turin Olimpiadasi ishtirokchilari boʻlib, u yerda 20-oʻrinni egalladi.

2007-yilda Anastasiya „Zvezda Imperii“ filmida Aleksandr III ning rafiqasi imperator Mariya Fedorovna rolini ijro etdi.

Shaxsiy hayoti



2009-yil sentyabr oyida Anastasiya IT texnologiyalari bilan shugʻullanadigan Yuriy Goncharovga turmushga chiqdi.

2010-yil iyun oyida ularning oʻgʻli Ivan dunyoga keldi.

Natijalari



(Armaniston vakili sifatida Azroyan bilan)

WD = tanlovdan chiqarildi

(Rossiya vakili sifatida Novikov bilan)

(Rossiya vakili sifatida Azroyan bilan)

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz