Anastasiya Chudnaya
Anastasiya Chudnaya (20-yanvar 1928-yil, Andreyev tumani, Novosibirsk viloyati — ?) — sut sogʻuvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966), KPSS aʼzosi (1962).
Tarjimayi holi
Anastasiya Ivanovna Chudnaya 1928-yil 20-yanvar Andreyev tumanida tavallud topgan. Chudnaya 1952-yildan Oʻzbekiston Chorvachilik ilmiy tadqiqot institutining „Krasniy vodopad“ tajriba bazasi (qoramol fermasi)da sut sogʻuvchi boʻlib ishlagan. Bir necha yillar davomida 170—200 bosh sigirning har biridan yiliga 3500—4100 kilogramm sut sogʻib olgan. Mashinada sut sogʻish boʻyicha Chudnaya oʻziga xos maktab yaratgan. Maktab institut tajriba bazasida 1966-yildan ishlab turgan, maktab Chudnaya nomi bilan atalgan. Oʻzbekiston KP 17-syezdida reviziya komissiyasi aʼzosi, 18-syezdda Oʻzbekiston KP MK aʼzosi. 6—7-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1963—1970-yillar) boʻlgan. SSSR Davlat mukofoti laureati (1976). Lenin ordeni, 2 ta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org