Anastasios Bakasetas




Anastasios „Tasos“ Bakasetas (talaffuzi: Anastasios "Tasos" Bakasetas) (grekcha: Αναστάσιος "Τάσος" Μπακασέτας) (28-iyun 1993-yilda tugʻilgan) — gretsiyalik professional futbolchi. Anastasios Bakasetas Turkiya Superligasi vakili „Trabzonspor“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi va vaqti-vaqti bilan hujumchi sifatida oʻynaydi. Anastasios Bakasetas, shuningdek, Gretsiya milliy futbol terma jamoasi sardori hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati



Asteras Tripolis



Anastasios Bakasetas „Asteras Tripolis“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik, Anastasios Bakasetas Superliganing 2010—2011-yilgi mavsumida asosiy jamoa safiga qoʻshilgan. Anastasios Bakasetas bu mavsumda klub safida beshta oʻyinda maydonga tushdi. Anastasios Bakasetasning Superligadagi debyuti 2010-yilning 28-noyabrida „ Xanthi“ futbol klubiga qarshi o‘yinda boʻldi.

Gretsiya kubogi doirasida Anastasios Bakasetas 2010-yil 22-dekabrda „Olympiacos“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (1:0) o‘zining ilk asosiy tarkibdagi start oʻyinini oʻtkazdi.

Thrasyvoulos (ijara)
2011-yil yanvar oyi oxirida Anastasios Bakasetas Gretsiya futbol ligasi vakili „Thrasyvoulos“ futbol klubiga ijaraga berildi. Anastasios Bakasetas „Thrasyvolous“ futbol klubi uchun oʻnta liga oʻyinini oʻtkazdi. 2011-yil 28-fevralda Anastasios Bakasetas klub safida „Ethnikos Asteras“ futbol klubiga qarshi oʻyinda(2:0 hisobida gʻalaba) oʻzining birinchi golini urdi. Anastasios Bakasetas 2011-yilning iyul oyida asosiy klubiga qaytdi.

Aris (ijara)
2013-yil dekabr oyi oxirida Anastasios Bakasetas „Aris“ futbol klubiga quyi ligaga tushib ketmaslikka yordam berish uchun ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Anastasios Bakasetas yangi jamoasi safidagi debyut oʻyinini mehmonda „Levadiakos“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (4:3 hisobidagi magʻlubiyat) oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda Anastasios Bakasetas ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi. Anastasios Bakasetas klub safidagi ijara muddati tugaguniga qadar yana bir gol urdi. Afsuski, Anastasios Bakasetas jamoani quyi ligaga tushib ketishidan qutqara olmadi.

Panionios



2015-yilning 28-yanvarida Anastasios Bakasetas „Panionios“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Anastasios Bakasetas klub safidagi 2015—2016-yilgi mavsumni dastlabki uchta oʻyinda ikkita gol bilan boshladi. 2015-yil 17-oktyabrda Anastasios Bakasetas klub safida „Kalloni“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (2:0 hisobida g‘alaba) ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi.

AEK Athens



2016-yilning 8-iyunida Anastasios Bakasetas „AEK Athens“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi. 2016-yil 17-sentyabrda Anastasios Bakasetas „Veria“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida g‘alaba) klubdagi birinchi golini kiritdi. 2017-yilning 9-aprelida Anastasios Bakasetas o‘z maydonida „Kerkyra“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (5:0) dubl qayd etdi.

2017-yil 10-sentyabrda Anastasios Bakasetas 2017—2018-yilgi mavsumdagi ilk golini „AEL“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (4:0 hisobida gʻalaba) urdi. 2018-yilning 22-aprelida Anastasios Bakasetas „Levadiakos“ futbol klubi darvozasiga ikki bor gol urdi. Bu ikki gol Anastasios Bakasetas jamoasiga 1994-yildan buyon ilk marta Superliga chempionligini qo‘lga kiritishga yordam berdi.

2019-yilning 10-yanvarida Anastasios Bakasetas „AEK Athens“ futbol klubi bilan shartnomasini 2022-yilning yoziga qadar uzaytirishga rozi boʻldi.

Alanyaspor



2019-yil 14-iyun kuni Anastasios Bakasetas Turkiyaning Superliga klubi „Alanyaspor“ futbol jamoasiga 1 000 000 yevroga baholangan to‘lov evaziga o‘tishga rozi bo‘ldi. 2019-yil 24-avgust kuni Anastasios Bakasetas klub uchun ligadagi birinchi golini „Kasımpasa“ futbol klubiga qarshi oʻyinda(4:1 hisobida gʻalaba) kiritishga muvaffaq boʻldi. Anastasios Bakasetas 2020-yilning 5-fevralida Turkiya kubogi doirasidagi "Galatasaray " futbol klubiga qarshi o‘yinda (2:0) bilan gol urdi.

Trabzonspor



2021-yilning 30-yanvarida „Trabzonspor“ futbol klubi Anastasios Bakasetasni ijaraga oldi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz