Anastasia Cannuscio
Anastasia Cannuscio (talaffuzi: Anastasiya Kannussio; 1992-yil 1-iyulda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Colin McManus bilan birga 2013-yilgi Ice Challenge musobaqasining chempioni, Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Challenger seriyasining uch karra bronza medali sohibi va 2016-yilgi AQSh milliy chempionatining qalay medali sovrindori boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
Anastasia Cannuscio Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida dunyoga kelgan. U amerikalik muz raqqosasi Isabella Cannuscioning singlisi.
Faoliyati
Cannuscio 2008-yilning mart oyidan boshlab Colin McManus bilan juftlik hosil qilgan. Juftlikka Karen Ludington, Christie Moxley-Hutson va Delaver shtatining Newark shahrida joylashgan Delaver universitetida Aleksandr Kirsanov murabbiylik qilishgan. Juftlik 2009-yilning kuzida Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Grand-Pri musobaqasida debyut qilgan.
Cannuscio / McManus juftligi 2010-yilda Fransiyada oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida kumush medal va 2011-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ular 2011-yilgi O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanma qoʻlga kiritgan va chempionatda 7-o‘rindan joy olgan.
Cannuscio / McManus juftligi oʻzining kattalar toifasidagi debyutini 2011 Ondrej Nepela Memorial musobaqasida qilgan. Juftlik oʻzlarining ilk 2012 Skate America musobaqasida yettinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsumdagi 2013-yilgi Ice Challenge turnirida oltin medalni qoʻlga kiritganlar.
2014 — 2015-yilgi mavsumda Cannuscio / McManus juftligi Finlandiya Trophy va US International Classic musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2014 Skate America musobaqasida va 2015-yilgi AQSh chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan.
Cannuscio / McManus juftligi 2016-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2017-yilning may oyida konkida uchish faoliyatini tark etishlarini eʼlon qilgan.
Dasturlari
(McManus bilan)
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
McManus bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org