Anass Achahbar




Anass Achahbar (talaffuzi: Anass Axaxbar; 1994-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, I Liganing Sepsi OSK jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati



Feyenoord



Gaagada tugʻilgan Achahbar „Feyenoord“ bilan professional debyutini 2011-yilning 28-avgustida oʻtkazdi (2:2).

Achahbar „Feyenoord“dagi birinchi golini UEFA Yevropa ligasi saralashining birinchi oʻyinida De Kuipda „Sparta Praga“ga qarshi oʻyinning 93-daqiqasida kiritdi, bu gol tufayli „Feyenoord“ 2:2 hisobida durang bilan qaytdi.

Arminia Bielefeld (ijara)
2013-yilning 22-avgustida Achahbar mavsum oxirigacha Arminia Bielefeldga ijaraga yuborildi. Klubda 2. Bundesligada 11 oʻyin oʻtkazdi. Ijaraga olingandan soʻng, 2014—2015-yilgi mavsumda „Feyenoord“ga qaytdi.

PEC Zvolle



2016-yil 21-may kuni Achahbar Eredivizionning PEC Zwolle jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi birinchi mavsumida jami 20 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

NEC (ijara)
2017-yil 28-iyun kuni Achahar ikkinchi darajali Eerste Divisie klubi NECga ijara asosida qoʻshildi. 2017-yilning 8-sentabrida Den Boschga qarshi oʻyinda (3:0) debyut qildi. 65-daqiqadan soʻng Janio Bikel oʻrniga maydonga tushgandi. Klubdagi ilk faoliyat yilida bir qancha jarohatlar oldi. Oyogʻiga beshta chok qoʻyildi, barmogʻi sindi va yelkasidan jarohat oldi. 24-noyabr kuni „Jong Ajax“ga qarshi oʻyinda maydonga qaytdi. 27-noyabr kuni Telstar darvozasiga mavsumdagi ilk golini urdi. 22-dekabr kuni faoliyatidagi ilk xet-trikini „Jong AZ“ga qarshi oʻyinda qayd etdi (7:2). Keyingi oʻyinda — Go Ahead Eagles qarshi bahsda (5:1 gʻalaba) yana bir xet-trik qayd etdi.

2019-yilning yozida Achahbar PEC Zvollega qaytdi, ammo PEC Zvolle va Achahbar davom etayotgan shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi.

Dordrecht



Dordrecht bilan uch hafta shugʻullanganidan soʻng, 9-sentyabr kuni 2019—2020-yilgi mavsum uchun klubga qoʻshildi. 16 ta oʻyinda maydonga tushdi, toʻrt oydan soʻng klubni tark etdi.

Sepsi OSK



2020-yilning 18-yanvarida Achahbar Liga I vakili „Sepsi OSK“ bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi



24-oktyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha[15]

Klubda




Terma jamoada




Yutuqlari



Klub



Feyenoord

Sepsi OSK

Niderlandiya U17

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz