Anas ibn Molik
Anas ibn Molik ibn Nadr al-Xazraji Al-Ansoriy (arabcha: أنس بن مالك الخزرجي الأنصاري (taxminan 612 - taxminan 712) islom payg'ambari Muhammadning taniqli sahobiyi (sahoba) edi.
Biografiya
Yasribning Xazraj qabilasining Najjor urug'idan bo'lgan Anas ibn Molik Muhammad payg'ambar hijratdan o'n yil oldin tug'ilgan. Otasi Molik ibn Nadr musulmon bo'lmagan holda vafot etgandan so'ng, onasi Ummu Sulaym yangi musulmon bo'lgan Abu Talha ibn Sobitga turmushga chiqdi. Anasning bu nikohdan o'gay ukasi Abdulloh ibn Abu Talha edi.
622 yilda payg'ambar Madinaga kelganida, Anasning onasi uni payg'ambarga xizmatkor sifatida taqdim etadi.
632 yilda payg'ambar vafotidan keyin Anas janglarda qatnashdi. U zot Paygʻambar alayhissalomning koʻzga koʻringan sahobalarining oxirgisi boʻlgan. Anas ibn Molik hijriy 93 (milodiy 712) yili Basrada 103 (qamariy) yoshda vafot etgan.
Ziyoratgoh
Anas ibn Molik ziyoratgohi Iroqning Basra shahrida joylashgan. Anas ibn Molikning qabri oddiy xonaqohdir. Biroq ziyoratgoh portlovchi qurilmalar bilan vayron qilingan. Masjid va ziyoratgoh jiddiy shikastlangan va devorlari vandalizm bilan bo'yalgan bo'lsa-da, majmua haligacha sunniy musulmonlar tashrif buyuradigan mashhur joy bo'lib qolmoqda.
Yana qarang
Eslatmalar
uz.wikipedia.org