Anas crecca




Churrak (Anas crecca) — oʻrdaklar oilasiga mansub parranda. Ogʻirligi 200—450 g. Oyoq kafti uzun, biroq barmoqlari qisqa. Narining ustki ggati qoʻngʻir kulrang, qorni oq, baʼzan sargʻish. Koʻkragida qora dumaloq dogʻi bor. Boshi va boʻyni mallaqizgʻish, yonidan qorayashil yoʻl oʻtgan. Modasi qoʻngʻir, malla yoki kulrang xolli. Yozgi tullashdan soʻng narining tusi modasiga oʻxshash boʻlib qoladi. Ch.Gʻarbiy Yevropa, Rossiya, Eron, Shim.Gʻarbiy Mongoliya, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Suv havzalari kirgʻoqlariga uya quradi; 8—11 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini modasi bosadi. Suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar, oʻsimliklar urugʻi, kurtagi va boshqa qismlar bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali. Katta ovchilik ahamiyatiga ega.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz