Anapait
Anapait , eskirgan. sin. tamanit — fosfat sinfiga xosmineral, suvli temir va kalsiy fosfati. Kimyoviy formulasi : Ca Fe [PO ] 4H O. Tarkibi (%): CaO — 28,18; FeO — 18,05; P <sub id="mwIg">2</sub> O <sub id="mwIw">5</sub> — 35,67; H 2 O — 18.1. Singoniya triklin.
Tarqalishi
Mineral jigarrang temir rudasi ichida shaffof yaltirashga ega yashilsifat kristallar koʻrinishida juda kam uchraydi. U birinchi marta Taman yarim orolining janubiy qirgʻogʻidagi (hozirgi Krasnodar oʻlkasi, Rossiya) Jelezniy Rog burni yaqinidan topilgan va 1902-yilda Artur Zaxs tomonidan Anapa yaqinidagi xuddi shu yarim oroldan yigʻilgan kolleksiya materiallari qatorida tasvirlangan. Uning " anapait ", " anapit " va " tamanit " deb atalishi ham mana shu joylarning geografik nomlaridan kelib chiqqan.
U sezilarli darajada katta boʻlib toʻplanmasa ham, tabiatda keng tarqalgan, Qrim (Kerch), Italiya, Ispaniya, Germaniya, AQSh va boshqa mamlakatlar hududidagi konlardan oz miqdorda topilgan.
Fizik xususiyatlari
Zichlik — 2,81 g / sm , qattiqlik 3-4, chiziqlarining rangi oq. Maydalanish xususiyati mukammal.
Anapaitning rangi (limon rangi-yashildan koʻkimtir yashilgacha) bir tomondan zargarlarni oʻziga jalb qilib keladi, shu bilan bir vaqtda mineral zargarlik buyumlari uchun keng qoʻllaniladigan darajada yetarlicha qattiq emas. Bu qimmatbaho kolleksion tosh boʻlib, undan amaliy foydalanishning boshqa hech qanday usuli yoʻq.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org