Analog qurilma
Analog qurilma, shuningdek
analog uskuna bu analog signallar. bilan ishlashga mo‘ljallangan uskunalardir.
Analog elektron qurilmalar (AEQ) elektron qurilmalar asosida ishlab chiqarilgan analog elektr signallarini kuchaytirish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalardir.
Analog signal uzluksiz funksiya bo‘lib, turli vaqtlarda cheksiz miqdordagi qiymatlarga ega bo‘ladi. Eng keng tarqalgan analog signal bizning nutqimiz tovushlari hisoblanib, ossillogrammalarda turli xil, g‘alati shakllarga ega bo‘ladi. Analog signallar ular tasvirlagan fizik jarayonlar bilan bir xil qonunga muvofiq o‘zgaradi.
Analog elektron qurilmalar guruhlari
Analog elektron qurilmalarni tasniflash mumkin bo‘lgan quyidagi ikki yirik guruhga ajratish lozim:
Elektr signallarini o‘zgartirgichlar (faol analog signallarni qayta ishlash qurilmalari) kuchaytirgichlarga asoslangan bo‘lib, signallarni maxsus qayta aloqa zanjirlari bilan bevosita ishlatish yoki ularni ma’lum bir tarzda modifikatsiyalash orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda yig‘ish, ayirish, logarifm, antilogarifm, filtrlash, aniqlash, ko‘paytirish, bo‘lish, taqqoslash va boshqa amallar bajariladi.
Qarshilik konvertorlari qayta aloqa kuchaytirgichlariga asoslangan bo‘lib, ular qarshilikning kattaligini, turini, tabiatini o‘zgartirishi mumkin. Qarshilik konvertorlari ba’zi signallarni qayta ishlash qurilmalarida qo‘llaniladi. Bunda maxsus toifa barcha turdagi generatorlar va tegishli qurilmalardan iborat bo‘ladi.
Analog operatsiyalar turlari
Analog qurilmalarning turlari
Manbalar
uz.wikipedia.org