Anal teshik




Anus , anal teshik – toʻgʻri ichakning oxirgi qismi – orqa chiqaruv teshigi. Anus dastavval mustaqil rivojlanib, keyin toʻgʻri ichakning pastki qismiga ochiladi. Baʼzan toʻgʻri ichak bilan anus oʻrtasida parda saqlansa, chaqaloqda ich boʻshalmaydi. Bunda jarrohlik yoʻli bilan parda teshiladi. Anus devorining ichki, shilliq qavati uzunasiga joylashgan burmalardan iborat boʻlib, vena qon tomiri chigʻallariga boy. Anusning muskul qavati koʻndalang-targʻil muskullardan iborat boʻlib, ixtiyoriy qisqaradi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz