AN MIXAIL IVANOVICH (1952.19.2, Toshkent viloyati, O’rtachirchiq tumani — 1979.11.8, Dneprodzerjinsk shahri, Kurilovka qishlog’i yaqini) — futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976). Olimpiada rezervlari bilim yurtini tamomlagach, “Paxtakor” futbol jamoasi yarim ximoyachisi (1971 — 79). Oliy va birinchi tabaqa o’yinlarida 52 to’p kiritgan. 1974 va 1978 yilda mamlakatning eng kuchli 33 futbolchisi ro’yxatidan joy olgan. U sardorlik qilgan mamlakat o’smirlar terma jamoasi Yevropa chempioni bo’lgan (1976). Milliy futbol terma jamoa tarkibida o’ynagan (1978). An aviatsiya halokati natijasida nobud bo’lgan. Toshkent shahrida dafn etilgan. Toshkent shahridagi ko’chalardan biri uning nomi bilan ataladi. Bolalar va usmirlar futbol jamoalari o’rtasida har yili An xotira turniri o’tkaziladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish