An Ik-soo




An Ik-soo (talaffuzi: An Ik Su) (1965-yil 6-mayda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Yoshlik yillari



An futboldagi professional faoliyatini 18 yoshida oliygohning 2-kurslik paytidayoq boshlagan. U oʻzining akademik koʻrsatkichlari tufayli Janubiy Koreyaning Chung-Ang universitetiga qabul qilingan edi, ammo An futbolchilik faoliyatini davom ettirish uchun Incheon milliy universitetiga koʻchib oʻtgan.

Klubdagi faoliyati



U futbolni juda kech boshlaganiga qaramay, 1989-yilda Ilxva Chunma professional klubining asoschilaridan biriga aylangan. Bundan tashqari, u K ligasining eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanib va Ilxvaga 1993-yildan 1995-yilgacha ketma-ket uchta chempionlikni qoʻlga kiritishiga yordam bergan. 1994-yilda u oʻzining oʻyinlari tufayli 1994-yilgi FIFA Jahon chempionatidan oldin Janubiy Koreya milliy futbol jamoasi uchun beshta oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoaga chaqirilgan. U 1994-yilgi jahon chempionati uchun terma jamoaga ham tanlab olingan, ammo Jahon chempionati oʻyinlarida ishtirok etmagan.

Biroq, Ilxva 1995-yilgi mavsumdan soʻng Anni Poxang Stilersga sotib yuborgan, chunki ular Anni klubda oʻynash uchun juda yosh deb xisoblashgan, garchi An oʻsha yili klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va K ligasi chempionligini qoʻlga kiritishda jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan boʻlsada bu klubda qolish uchun yetarli deb xisoblanmagan. Qizigʻi shundaki, An navbatdagi turnir finalida sobiq jamoasi Ilxvani magʻlub etib, klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



Futbolchilik



Kookmin Bank

Ilhva Chunma

Pohang Steelers

Shahsiy yutuqlar

Murabbiylik




Janubiy Koreya Universiadasi (ayollar)

Busan IPark

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz