An Dmitriy Ivanovich




Dmitriy Ivanovich An (02.05.1939, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 20.05.2018) — sovet futbolchisi, hujumchi, sport ustasi (1966). Mixail Anning akasi.

Faoliyati



Futbolchilik faoliyati



1939-yil 2-mayda tugʻilgan. Dastlab qishloq jamoasida, keyinchalik esa „Paxtakor“ futbol maktabi yoshlar jamoasi dublida hujum chizigʻida oʻynay boshlagan. Nikolay Kim va Aleksandr Lanning Dmitriyning birinchi murabbiyi hisoblanadi. 1963-yildan boshlab asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan.

1964-yilda Toshkentning „Start“ klubida oʻynab, bir muddat oʻtib, „Politotdel“ jamoasi tarkibiga qoʻshilgan va u yerda jamoa sardori boʻlgan. „Politotdel“ safida 7 ta chempionat oʻtkazgan va 1970-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Muyrabbiylik faoliyati



1971-yilgi mavsumda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchilarini tayyorlashga yordam berdi. Toʻqsoninchi yillarda „Do‘stlik“ jamoasi futbol bazasiga rahbarlik qilgan. Ikki karra Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston kuboki sohibi.

Yutuqlar



Jamoaviy




Shaxsiy




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz