An-34




An-34  — Sovet harbiy transport samolyoti. O. K. Antonova nomidagi eksperimental konstruktorlik byurosida ishlab chiqilgan. Yuklarni, askarlar yoki parashyutchilarni tashish, shuningdek yaradorlarni tashish uchun moʻljallangan. Yordamchi bombardimonchi sifatida ham foydalanish mumkin.

Yaratilish va rivojlanish tarixi



1961-yilda bitta An-24 samolyoti transport samolyotiga aylantirilgan. Yoʻlovchi kabinasi esa yuk kabinasiga oʻzgartirilgan, pol kontrplak bilan mustahkamlangan. Oʻng tomoniga essa yuk eshigi oʻrnatilgan. Samolyot oʻzining ilk parvozini 1961-yil 4-sentabrda amalga oshirgan, sinov uchuvchilari Yu. V. Kurlin va A. M. Sigankov boshqarishgan. 1962-yil iyul oyida samolyot davlat sinovlariga topshirilgan. Tekshirov natijasida esa bir qator kamchiliklar aniqlangan. 1965-yil fevral oyida ikkinchi An-24 konvertatsiya qilingan. Endi yuk boʻlimida metall pol, orqa fyuzelajdagi lyuk bilan yaxshiroq yuklash hamda tushirish uchun samolyot shiftga yuklash moslamasi oʻrnatilgan. Yonlarda parashyutchilar uchun yigʻma oʻrindiqlar oʻrnatilgan. Bundan tashqari, samolyotda yoqilgʻi zaxirasi koʻpaytirilgan.

Sumsov Viktor Alekseyevich samolyotning bosh konstruktori etib tayinlangan. Yangi samolyot An-34 (An-24T) deb nomlangan. 1965-yil 16-iyundan 10-noyabrgacha Davlat sinovlari oʻtkazilgan. Irkutsk aviatsiya zavodida samolyotni seriyali ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Hamda samolyot ishlab chiqarish 1971-yilgacha davom etgan. 1965-yildan 1971-yilgacha 226 ta samolyot ishlab chiqarilgan, ulardan 62 tasi An-24RT modifikatsiyasida boʻlgan.

Samolyotning fyuzelaj qismi turli diametrli ikkita yoydan iborat. Kokpit fyuzelajning oldingi qismida joylashgan. Uning orqasida esa yuk bo'limi joylashgan. Quyruq qismida 1400×2720 mm o'lchamdagi yuk lyuklari mavjud.

Elektr stansiyasi ikkita AI-24T turbovintli dvigateldan iborat bo'lib, AV-72T to'rt qanotli pervanellari va TG-16 avtonom ishga tushirish bloki mavjud. Parvonalarning diametri 3,9 m.Har bir dvigatelning uchish rejimida quvvati 2550 ot kuchiga teng. Samolyot yoqilg'isi markaziy qismdagi to'rtta yumshoq tankga joylashtiriladi.

Baxtsiz hodisalar va halokatlar




Texnik xususiyatlari



Texnik xususiyatlari[3]

Parvoz xususiyatlari

Qurollanish

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz