Amyen




Amiens (talaffuzi: Amyen) Fransiyaning Pikardiya mintaqasida joylashgan shahardir. Somme departamenti Amiens tumani tarkibiga kiradi. Somma daryosi boʻyida joylashgan. Somma departamentining maʼmuriy markazi va Pikardiya tarixiy oʻlkasining eng katta shahri. Temir yoʻl tuguni. Toʻqimachilik sanoati (ip-gazlama, duxoba va trikotaj toʻqish), metallurgiya, mashinasozlik va kimyo zavodlari bor. Qadimda Amiensda gallarning ambian qabilasi (shahar nomi shundan) yashagan. Amiens tarixiy voqealarga boy. Shahar Ikkinchi jahon urushi davrida qattiq shikastlangan. Uni qayta tiklashda tarixiy qiyofasi asrab qolingan. Fransiyada eng katta Notr-Dam gotika sobori (13-15-asrlar) hamda 13-18-asrlarga oid boshqa meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

Aholisi



135.501 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 2737,4 nafar kishi.

Geografiyasi



Maydoni — 49,5 km. Dengiz sathidan 14 — 106 m balandlikda joylashgan.

Tasvirlar







Amiens sobori






Harbiy qabriston




Ratusha

Ratusha




Jules Verne yashagan uy

Jules Verne yashagan uy




Beffrua

Beffrua




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz