Amy Denson
Amy Denson (talaffuzi: Emi Denson, 1984-yil 3-mayda tugʻilgan) — amerikalik professional basketbolchi. U NCAA I divizionida Sun Devils jamoasi tarkibida oʻynagan. Puerto-Rikoning Montañeras de Morovis jamoasida professional tarzda debyut qilgan. U butun Yevropa va Avstraliya ligalarida oʻynagan va 2010-yilda Ayollar Milliy Basketbol Ligasida oʻynash uchun Sidney Uni Flames jamoasi bilan shartnoma imzolagan 2010—2011-yilgi mavsumda u WNBL All-Star beshligi jamoasida boʻlgan.
Umumiy faoliyati
Kollejda Denson Arizona shtatining Tempe shahridagi Arizona shtat universitetida oʻqigan va NCAA I divizionida Sun Devils jamoasi bilan birgan oʻynagan.
Arizona State jamoasidagi faoliyat statistikasi
Manba
Professional jamolardagi faoliyati
Denson oʻzining ilk debyutini toʻgʻridan-toʻgʻri kollejning Puerto-Riko Ayollar basketbol ligasida Montañeras de Morovis jamoasi bilan oʻtkazdi. Yevropa va Avstraliyada keyinchalik butun dunyo boʻylab oʻynaganiga qaramay, Denson Montaneras jamoasiga qaytishga qaror qilgan.
Puerto-Riko jamoasidagi ikki yillik faoliyatidan soʻng Denson Basket Liga Kobietdagi Energa Toruń jamoasi bilan oʻynadi. Polshadan keyin Ruminiya milliy ligasida „Aleksandriya“ jamoasida oʻynadi. Avstraliya jamoasi bilar bir necha yil oʻynagach, Denson 2012—2013-yilgi Liga Femenina de Baloncestoda Tintos de Toro Caja Rural Zamora jamoasida oʻynash uchun Yevropaga qaytdi.
2010-yilda Denson Avstraliyaning birinchi ayollar ligasi va janubiy yarim sharning eng kuchli ligasi boʻlgan Ayollar Milliy Basketbol Ligasida oʻynash uchun Sidney Uni Flames jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, bu uning faoliyatidagi eng yuqori darajasi boʻldi. Har bir oʻyinda oʻrtacha 18,7 ochko toʻplaganidan soʻng, Denson 2010—2011-yillar uchun WNBL All-Star beshligidan joy oldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org