Amy Davidson




Amy Davidson  — amerikalik aktrisa. U ABC telekanalida efirga uzatilgan 8 Simple Rules sitcomida Kerry Hennessy rolini ijro etgani bilan tanilgan.

Yoshligi va taʼlim olishi



Davidson Phoenix (Arizona)da oʻqituvchilar oilasida tugʻilgan. Uning otasi El Mirage boshlangʻich maktabida direktor, onasi esa Desert Foothills Junior High Schoolda ingliz tili oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib koʻrsatgan. Ota-onasi uni yoshligida raqs darslariga yozdirib qo‘yishgan. Shadow Mountain High Schoolda oʻqiyotganda u reklama roliklarida paydo boʻlishni boshlaydi. Uning aktyorlik boʻyicha murabbiyi uni Hollywoodga koʻchib oʻtishga undaydi.

Faoliyati



Amy Davidson The Truth About Jane telefilmida hamda Judging Amy dramatik serialidagi bir epizodda paydo boʻlganidan soʻng, So Little Time seriali uchun Mary-Kate and Ashley Olsen kastingida ham qatnashgan. Aktrisa Malcolm in the Middle sitcomida hamda Hallmark kanalining Annieʼs Point filmida Betty White va Richard Thomas bilan birgalikda maxsus mehmon rolini ijro etgan.

Boshqa rollari orasida Goyband filmidagi obrazi ham mavjud. Amy ushbu filmda Catskill togʻlarida oilasining mehmonxonasida oʻynaydigan sobiq boyband pop yulduziga (Adam Pascal) bilan tanishib qolgan yosh pravoslav yahudiy qizi rolini oʻynaydi. Davidson moda va turmush tarzi blogini ham yuritadi.

Shaxsiy hayoti



Davidson 2010-yil 1-may kuni aktyor Kacy Lockwoodga turmushga chiqadi. 2015-yil 2-noyabrda Davidson Instagramda birinchi farzandlarini kutayotganliklarini eʼlon qiladi. Amy 2016-yil 1-mart sanasida o‘g‘lini dunyoga keltiradi.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz